Yangi Angiografiya apparati ishga tushdi

2018-yil dekabr oyida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nukus filialiga zamonaviy intervensiya laboratoriyasi o’rnatildi.

Ushbu laboratoriya yurak kasalliklarini minimal invaziv usullar bilan davolash imkonini beradi. Xususan, stentlash,
balonli angioplastika va yurak klapanlarini tekshirish kabi murakkab amaliyotlar endi Nukusda ham amalga oshiriladi.

Markazimizda yangi uskunalar orqali yillik 2000 dan ortiq bemorga yordam ko’rsatish rejalashtirilgan.